"Buxoro" olti yilda ilk bor ketma-ket 12ta o'yinda g'alaba qozona olmadi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2020, 12:51
Superliganing 23-turida "Buxoro" "Qizilqum" bilan durang o'ynadi - 1:1.

Shunday qilib, buxoroliklarning g'alabasiz seriyasi 12ta o'yinga etdi.

Oxirgi marta 2014 yilgi mavsumda "Buxoro" bunchalik uzun g'alabasiz seriya qayd etgan edi.

"Buxoro" so'nggi bor 11-turda "Surxon"ga qarshi bahsda g'alabaga erishgandi - 1:0. Qizig'i navbatdagi turni "Buxoro" Termizda aynan "Surxon"ga qarshi o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia