"Buxoro" - "Metallurg" 0:0 yoxud hakamlar qani?

Narzulla Saydullayev
7 fev 2015
Bugun Toshkentdagi "Obod" stadionida "Buxoro" va "Metallurg" o'rtasidagi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Oliy liga ishtirokchilari o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi. "Metallurg" safida "Buxoro" yarim himoyachisi Azizbek Murotov maydonga tushdi.

Qizig'i uchrashuv boshlanishi vaqtida hakamlar kelishmadi. Shu tufayli birinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasida murabbiy Anatoliy Kurlaev bosh hakamlik qildi. Unga qanotlarda Nurullo Habibov va Antonenko yordam berishdi.

15 daqiqalardan so'ng Sardor Najafalievning o'g'li yosh hakam Asker Najafaliev bosh hakamlik qila boshladi. Anatoliy Kurlaev esa qanotda Anotnenkoning o'rnini egalladi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia