"Buxoro" ketma-ket uchta o'yinda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
12 may 2018, 09:31
Superliganing 11-turida "Buxoro" klubi Toshkentda "Lokomotiv"ga 1:3 hisobida yutqazdi.

Shunday qilib, "Buxoro"ning mag'lubiyatli seriyasi 3ta o'yinga etdi. Jamoa so'nggi bor 8-turda "Qizilqum"ni mag'lub etgandi. Shundan so'ng "Metallurg" (1:2), "Navbahor" (0:1) va "Lokomotiv"ga (1:3) imkoniyat boy berildi. 

Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jamoa 12-turni 22 may kuni Qo'qonda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia