"Buxoro" ketma-ket beshta o'yinda yutqazgan "Neftchi"dan keyingi ikkinchi jamoa

Xayrulla Xoliqov
5 okt 2018, 18:48
Superliganing ikkinchi bosqichida "Buxoro" klubining hech omadi kelmayapti.

Jamoa mana besh turdirki faqat mag'lubiyatga uchradi va hatto durang ham qayd eta olmadi. Buxoroliklar oxirgi marta 20-turda "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag'lub etishgandi. Shundan beri jamoa "Navbahor", "Bunyodkor", "Paxtakor" va ikki bor "Lokomotiv"ga qarshi o'ynab faqat mag'lubiyatga uchradi.

Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, Superligada bungacha qatorasiga beshta o'yinda faqat "Neftchi" yutqazgandi. Bu 3-7 turlar oralig'ida ro'y bergan. Keyinchalik esa ikki bor durang qayd etdi. 

"Neftchi"ning ketma-ket 5ta mag'lubiyati

3-tur. "Neftchi" - "Bunyodkor" 0:1
4-tur. "Paxtakor" - "Neftchi" 3:0
5-tur. "Neftchi" - AGMK 1:3
6-tur. "Neftchi" - "Buxoro" 0:1
7-tur. "Qizilqum" - "Neftchi" 1:0

Mana endi "Buxoro" ham qatorasiga beshta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. "Neftchi" ketma-ket beshta yutqazganida to'plar nisbati 1-9 bo'lgandi. "Buxoro"da esa bu ko'rsatkich 2-11ni tashkil etdi.  

"Buxoro"ning ketma-ket 5ta mag'lubiyati

21-tur. "Navbahor" - "Buxoro" 2:0
22-tur. "Buxoro" - "Lokomotiv" 0:1
23-tur. "Bunyodkor" - "Buxoro" 3:0
24-tur. "Paxtakor" - "Buxoro" 2:1
25-tur. "Buxoro" - "Lokomotiv" 1:3

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia