"Buxoro" jamoasi taqdimot marosimi o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
19 mar 2021
Bugun Buxoro shahridagi "Sahid Zarafshan" mehmonxonasining anjumanlar zalida "Buxoro" jamoasi yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi o'tkazdi.

Tanishtiruv marosimini Buxoro viloyat hokimi, Buxoro futbol federatsiyasi prezidenti Botir Zaripov ochib berdi. So'z avvalida respublikamizda millionlar o'yini bo'lmish futbolga bo'lgan etibor uchun hukumatimiz raxbariyatiga minnatdorchilik bildirildi.


Jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z so'zida Buxoro shahri jamoasiga bosh murabbiylik qilishi sharaf ekanligi, shogirdlari ham mas'uliyatni his qilib, yaxshi o'ynab, har qanday raqibga qarshi "jang" qilishga tayyor ekanini, bir paytlar Buxoro muxlislari respublikada yetakchi, uy uchrashuvlarida muxlislar soni bo'yicha Namangan, Qashqadaryo muxlislari bilan raqobatda bo'lganlarini esladi. Jamoaga muxlislarni qo'llab-quvvatlashi kerakligini, muxlislarni xursand qilish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishini aytdi.


Marosim oxirida jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarga ularning familiyalari tushirilgan futbol formalari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu futbolchilarimiz yangi mavsumda quyidagi raqamlarda to'p tepishadi:

1. Raxat Japarov

3. Azamat Isroilov

6. Bobur Qosimov

9. Davron Isoqov

10. Shavkat Salomov

11. Sanat Shixov

13. Amirjon Safarov

14. Rustam Abduhamidov

15. Shohrux Holmatov

16. Alisher Sanoev

18. Qahramon Bahodirov

22. Abdujamol Isroilov

24. Jasur O'rinov

34. Hakimxon Alamxonov

65. Marko Milich


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia