"Buxoro" himoyachisi klubni tark etdi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2023
"Buxoro" klubi himoyachisi Farruh Ibrohimov erkin agentga aylandi.

Markaziy himoyachi 2023 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 2210 daqiqa harakat qildi va 1ta gol urib, 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Superligada "Lokomotiv" so'ngra "Metallurg" kabi klublarda faoliyat olib borgan 27 yoshli himoyachi 2024 yilni yangi klub safida boshlaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia