Buxoro: Filiposyan Moskvaga borib keldi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2017
Birinchi davraning ko'p o'yinlarini jaroxat tufayli o'tkazib yuborgan Artyom Filiposyan yaqinda Moskvaga borib malakali shifokorlar ko'rigida bo'ldi.
Mutaxassislarning aytishicha, Artyomga besh kun davomida jaroxatini davolash tavsiya qilindi. Shundan keyin 29 yoshli himoyachi induvidial mashg'ulotlarga kirishadi. Umid qilamizki, Filiposyan ikkinchi davra o'yinlari startiga qadar  optimal sport formasiga kirishga ulguradi. Artyomni jaroxatidan butunlay forig' bo'lib, tez orada safga qaytishini kutib qolamiz.

Buxoro matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com