"Buxoro": Fan-klub a'zolarini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni boshlandi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2016, 13:02
Yangi mavsum boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. “Buxoro” jamoasi Toshkentda yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan bir paytda, Buxoroda fan-klub ham yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.

Fan-klub yildan-yilga o'z safini kengaytirib bormoqda. Yangi mavsum uchun fan-klub a'zolarini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni boshlandi.

Ro'yxatdan o'tish uchun 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat va pasport nusxasi kerak bo'ladi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilish so'raladi.

+99891 923 11 14  - Orif Asadov

+998 90 299 65 56


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfcbuxoro.com