

Joriy mavsum tarkibda e'tiborga molik o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Sababi o'tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan bir qator futbolchilarning shartnomasi yakuniga etgani sababli klub lagerini tark etib ulgurgan. Shu sababli Baxtiyor A'zamovich yangitdan tarkib tuzishga majbur bo'ladi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, “Buxoro”da ham bosh murabbiyga uning doimiy hamrohi Zohid Nurmatov yaqindan yordam beradi.




