

"Biz raqib juda kuchli jamoa ekanligini bilardik, shuning uchun bor diqqatimizni jamlagan holda maydonga tushdik. Biz ularning o'yin tezligiga moslashmoqchi edik. Boshidan ajoyib o'ynadik.
Maqsadimiz – sifatli futbol ko'rsatishda va g'alaba qozonishda davom etish.
"Real"ga mag'lub bo'lganimizda qiyin davrni o'tkazdik, ammo "Vilyarreal" va "Atletik"ka qarshi o'yinlarda o'zimizga kelib oldik.
O'ylaymanki, Xavi xotirjam bo'lishi mumkin, g'alabalar ruhiyatimizni ko'tardi", – dedi Buskets.



