Buskets Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatni yakunladi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2022, 17:34
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets terma jamoadagi faoliyatini tugatdi.

Futbolchi bilan xayrlashuvga bag'ishlangan yozuv milliy terma jamoaning rasmiy tvitterida chop etildi.

Buskets 2009 yilning aprel oyida terma jamoada debyut qilgan va jamoa safida 143 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Xavbek terma jamoa bilan jahon va Yevropa chempioniga aylangan.

Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 1/8 final bosqichida Marokash termasiga yutqazib qo'ygan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rfef.es