Buskets: "Dunyoning eng yaxshi ligasi shunday stadionda o'tayotgani achinarli"

Mirjalol Normatov
26 avg 2018, 15:52
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets LaLiganing 2-turi doirasida "Valyadolid"ga (1:0) qarshi uchrashuv o'tgan maydonni tanqid qildi.

"O'yin borasida gap so'zlar yo'q. Shunchaki dunyoning eng yaxshi ligasida shunday stadionda o'ynayotganimizdan achinyapman. Bunday chimli maydonda yaxshi o'yin ko'rsatishning iloji yo'q edi. Chimning holati yomon bo'lganini barcha ko'rdi", - dedi xavbek.

Oldinroq "Barselona" stadionning holati borasida LaLiga rahbariyatiga shikoyat bilan chiqishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo