
Mehmon jamoa bugun tunda Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O'FFning "Feysbuk"dagi rasmiy sahifasi e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Burkina-Faso terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 20:00ga belgilangan.