"Bunyodkor"ning raqibi “Al-Jazira” so'nggi soniyalarda g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
8 dek 2014, 09:08
BAA chempionatining 10-turida Abu-Dabining “Al-Jazira” klubi juda qiyin g'alabaga erishdi.
Erik Gerets shogirdlari “Baniyas” klubi mehmoni bo'ldilar va 3:2 hisobida g'alaba qozondilar. 2:2 hisobida yakun topib borayotgan o'yinning 90+3-daqiqasida Mirko Vuchinichning to'p oshirishidan so'ng Jusiley raqib darvozasini ishg'ol qilib, “Al-Jazira”ga uch ochko keltirdi. Qayd etish kerakki, “Al-Jazira”ning barcha gollarida jamoaning legioner futbolchilari ishtirok etishdi.

05.12.2014
BAA pro-ligasi, 10-tur
“BANIYAS” – “AL-JAZIRA” 2:3 (1:1)
Gollar:
Mirko Vuchinich 28 penalti (0:1), Strakkualursi 43 (1:1), Lanzini 51 (1:2), Solih Xaboush 54 (2:2), Jusiley 90+3 (2:3)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com