Bunyodkordan Buxoroga javobsiz to'rtta gol

Narzulla Saydullayev
5 may 2013, 21:07
Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" klubi Tachmurad Agamurodov ustozlik qilayotgan "Buxoro" klubini qabul qildi.
4-daqiqada Pishur boshi bilan hisobni ochishi mumkin edi. Biroq uning zarbasi kuchsiz chiqdi. 5-daqiqada Alisher Mahmudovning jarima zarbasi xavfli chiqdi. Nesterov to'pni egallab oldi. 13-daqiqada Akmal Shorahmedov oshirgan pasni Lutfulla To'raev bir urinishda Taranga uzatdi. Igorning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. Himoyachidan qaytgan to'pga To'raevning o'zi zarba berdi. Lutfulla ham kuchli zarba yo'llay olmadi.

19-daqiqada Oleg Zoteevdan pas qabul qilib olgan Lutfulla To'raev bir zum sheriklari ochishini kutdi. Hamma uni pas oshiradi deb o'ylagan pallada Lutfulla chap oyog'ida Qobuljonovning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 1:0.

Keyingi daqiqada To'raev dubl muallifiga aylanishi mumkin edi. Bu safar Qobuljonov mahorat ko'rsatdi. 21-daqiqada Jasur Hasanovning burchakdan oshirib bergan pasini Oleg Zoteev boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni 2:0ga oshirdi. Bu vaziyatda "Buxoro" himoyachilari Pishur bilan ovora bo'lib qolishdi. 23-daqiqada Bu safar Pishur va Taran to'p talashib qolishdi. Agar bu ikki hujumchining biri sherigiga imkon berganida hisob yirik ko'irnishiga kelarmidi... 28-daqiqada Oleg Zoteevning burchakka yaqin nuqtadan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi.

33-daqiqada Jasur Hasanovning chap qanotdan uzatgan pasini Oleksandr Pishur boshi bilan darvozabonning qarama-qarshi yo'nalishiga joylab, hisobni 3:0ga oshirdi. 42-daqiqada Jasur Hasanov uzatgan pasni Asqar Muhitdinov boshi bilan qaytardi. Qaytgan to'pga Shorahmedov kuchli zarba yo'lladi, noaniq. 45-daqiqada 30 metrlardan belgilangan jarima to'pini Lutfulla To'raev sekingina Oleksandr Pishurga moslab berdi, ukrainalik hujumchining kuchli zarbasi aniq bo'ldi - 4:0. Birinchi bo'lim yakunlandi.  

49-daqiqada Jasur Hasanov bu safar to'pni erlatib jarima maydonchasiga uzatdi. Igor Taran to'pni darvozaga to'g'rilab yuborishi mumkin edi. Biroq noaniq. 65-daqiqada Igor Taran sheriklari tomonidan oldinga tashlandi, Igor birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. 80-daqiqada Fozil Musaevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi avval darvozabonga, so'ngra darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. O'yinda boshqa gol urilmadi. "Bunyodkor" o'z uyida "Buxoro"ni yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Bunyodkor (Toshkent) – Buxoro (Buxoro) 4:0 (4:0)

Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), A. Ergashev (Toshkent).
 
Gollar:
Lutfulla To'raev 19, - 1:0. Oleg Zoteev 21, - 2:0 . Oleksandr Pishur 33, - 3:0. Oleksandr Pishur 45, - 4:0. 
 
Bunyodkor:
1.Ignatiy Nesterov (sardor), 2.Akmal Shorahmedov (3.Abduqahhor Xojiakbarov, 58), 4.Xayrulla Karimov, 5.Dilshod Jo'raev, 6.Anvar G'ofurov, 7.Marko Blajich, 9.Igor Taran, 11.Oleksandr Pishur (17.Kamoliddin Murzoev, 67), 13.Lutfulla To'raev (18.Fozil Musaev, 54), 19.Jasur Hasanov, 33.Oleg Zoteev
 
Buxoro:
20.Sardor Qobuljonov, 2.Naoya Shibamura, 4.Devid Oniya (sardor), 5.Georgiy Kvesiashvili, 8.Alisher Mahmudov, 10.Alisher Sanoev (19.Jamshid Hasanov, 75), 11.Otabek Valijonov, 14.Voxid Shodiev, 17.Otabek Narzullaev (7.Aleksey Nikolaev, 38), 21.Baxriddin Vaxobov (6.Evgeniy Kochnev, 82), 24.Asqar Muxitdinov
 
Ogohlantirishlar:
Otabek Valijonov 37, Akmal Shorahmedov 57, Dilshod Jo'raev 76.
 
Nazoratchi:
A. Popov (Toshkent).

Narzulla SaydullayevMuallif