“Bunyodkor”da farmakologiyaga e'tibor

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2016
Xabaringiz bor, Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ayni paytda yangi mavsumga BAAda tayyorgarlik ko'rmoqda.

Murabbiylar shtabi futbolchilarga jismoniy yuklamalar, taktik ko'rsatmalar berish bilan bir qatorda, ularning dori-darmonlardan to'g'ri foydalanishi borasida ham ma'lumotlar etkazildi.

“Bunyodkor” FK shifokori Alisher Aripov bugun BAA yig'ini doirasida ishtirok etayotgan jamoa vakillari uchun “Futbolchilarning dori-darmonlardan o'rinli foydalanishi” mavzusida seminar o'tkazdi.

Unda sportchilarga preparat va vitaminlarni qay tartibda, foydali hamda to'g'ri istemol qilishi borasida keng tushunchalar berildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com