“Bunyodkor” yoshlari “NBU-Osiyo” bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2014, 14:24
Bugun “Oq-tepa” stadionida “Bunyodkor” yoshlar jamoasi birinchi liga vakili “NBU-Osiyo” bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashdi.
Qorli maydonda o'tgan bahs ilk daqiqalardan boshlab qiziqarli tus oldi va bu kurash hakamning o'yin yakunlanganligini bildiruvchi hushtagi chalinguncha davom etdi. Uchrashuvning 27-daqiqasida “bankchilar” olis masofadan Amir Ergashev qo'riqlagan darvozani ishg'ol qilishib, hisobda oldinga chiqib olishdi. Aleksandr Mochinov shogirdlari asosiy vaqt tugaguncha ushbu hisobni o'zgartira olishmadi. Biroq 2-taymga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Ahror Umarjonov bir necha himoyachilarni aldab o'tib, yaqin masofadan “NBU-Osiyo” darvozasini ishg'ol qildi – 1:1.

“BUNYODKOR” (yoshlar) – “NBU-OSIYO” 1:1 (0:1)
Gol: Ahror Umarjonov
“Bunyodkor”: Amir Ergashev, Azizbek Mamazoitov, Kamronbey Kapadze, Zokirjon Nurmatov, Akrom Komilov, Sardor Sobirxo'jaev, Xurshid G'iyosov, Sardorbek Azimov, Dostonbek Hamdamov, Ahror Umarjonov, Farhod Sadullaev
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdukarim Muhammedov, Hasan Asqarov, Shaxriyor Imomxo'jaev, Ergash Ismoilov, Sanjar Rixsiboev, Jahongir Xo'jamov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com