"Bunyodkor" va "So'g'diyona" "Alaniya" vice-sardoriga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2023, 16:43
"Alaniya" yarim himoyachisi Alan Xugaev o'zbek klublari qiziqishlari doirasida.

Ma'lumotlarga qaraganda, Superliga jamoalari – "Bunyodkor" va "So'g'diyona" "Alaniya" futbolchisi Alan Xugaevga qiziqmoqda. 

31 yoshli xavbek Vladikavkaz jamosi vice-sardori hisoblanadi. Biroq ushbu mavsumda maydonda ko'p ham ko'rinish bermayapti.

Xugaev 2022/23 yilgi mavsum "Alaniya" safida 13 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali uni 250 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metaratings