"Bunyodkor" va "Lokomotiv" O'zbekiston kubogida qanday ishtirok etishgan?

Narzulla Saydullayev
12 noya 2014, 13:30
“Lokomotiv” bugun birinchi bor, “Bunyodkor” esa ettinchi bor O'zbekiston kubogi finalida maydonga tushadi.
“Lokomotiv” klubi kubokda faqat so'nggi yillarda yuqori natijalarga erishdi. "Temiryo'lchilar" dastlabki yillarda asosan dastlabki bosqichlardan musobaqani tark etishgan. 2010 yil klub o'z tarixida ilk bor yarim finalga chiqdi. O'sha yil "Loko" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Sho'rtan"ga yutqazib qo'yib finalga chiqa olmagandi. O'tgan yil ham "temiryo'lchilar" yarim finalga chiqishgandi. Ammo bu safar "Bunyodkor"ga imkoniyat boy berilgan va ikkinchi bor yarim finaldan o'ta olishmagan.


Lokomotiv (Toshkent)

Yil

Natija

2013

Yarim final

2012

1/4 final

2011

1/8 final

2010

Yarim final

2009

1/16 final

2008

1/16 final

2007

1/16 final

2006

1/8 final

2005

1/4 final

2004

1/4 final

2003

1/32 final




“Bunyodkor” klubi O'zbekiston milliy chempionatidan tashqari kubogida ham anchayin muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib kelmoqda. Klub faqat dastlabki mavsumda 1/16 finalda kurashdan chiqqan. Shundan so'ng bo'lib o'tgan 4 mavsum davomida “Bunyodkor” ketma-ket ravishda finallarda ishtirok etgan. Ikki marta O'zbekiston kubogida zafar quchish (“Paxtakor” va “Sho'rtan”ni engib) nasib etgan bo'lsa, qolgan ikkita finalda “Paxtakor”ga imkoniyat boy berilgan. 2011 yilgi mavsumda esa ushbu anana barham topdi. “Nasaf” yarim finalda “Bunyodkor” yo'liga to'g'anoq bo'la olgandi. 2012 yil esa “qaldirg'ochlar” “ajdarlar”dan bir yil oldingi yarim finaldagi mag'lubiyat alamini olishdi – 3:0. O'tgan yil ham finalda "Bunyodkor" aynan "Nasaf" bilan o'ynagan va 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Bunyodkor (Toshkent)

Yil

Natija

2013

Chempion

2012

Chempion

2011

Yarim final

2010

Chempion

2009

Finalchi

2008

Chempion

2007

Finalchi

2006

1/16 final



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia