"Bunyodkor" universal futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024, 18:55
Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

"Bunyodkor" klubi Usmonali Ismonaliev bilan kelishuvni uzaytirdi. 25 yoshli futbolchi 2025 yil so'ngiga qadar "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qiladi", – deyiladi xabarda.

25 yoshli futbolchi universal bo'lib, ham qanot himoyachisi, ham qanot hujumchisi sifatida o'ynay oladi. U o'tgan mavsum 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritgan va 1 ta golga assistentlik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz