"Bunyodkor" U-19 ustozi Anvar G'ofurov: "Qisqa vaqt ichida yigitlarga g'oliblik ruhini singdirishga harakat qildik"

Iskandarov Abdulaziz
3 noya 2024, 11:59
Kecha PFL tomonidan tashkil qilingan U-19 chempionatining final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Unda bosh sovrin uchun "Bunyodkor" va "Paxtakor" yoshlari kuch sinashdi. Murosasiz o'tgan o'yinda omad "sherlar"ga kulib boqdi. Mazkur o'yindan so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Anvar G'ofurov fikrlarini bildirdi. 

"O'ziga yarasha hamma ishda qiyinchiliklar bo'ladi. Qisqa vaqt ichida ko'plab g'alabalar qozonishga harakat qildik. Yigitlarga g'oliblik ruhini singdirishga urindik. Kelajakda bu jamoadan asosiy tarkibda o'ynaydigan futbolchilar yetishib chiqishiga ishonaman. Shu bois hozirdanoq g'alaba ruhiyatini o'zlarida his qilishlari kerak. 

Finalda balki charchoq ta’sir qilgandir. 3 ta o'yinlar orasida vaqt qisqa. Qaysidir vaziyatlarda diqqat yetishmadi. Kimdir yutishi uchun kimdir xato qilishi kerak. Bizda ko'proq xatolar kuzatilgani uchun mag'lub bo'ldik deb o'ylayman",- deydi Anvar G'ofurov.



O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia