"Bunyodkor" Simonenko ishini hal qildi

Nadirkhuja Yuldashev
17 yanv 2019, 13:33
Ukrainalik futbolchini deb katta mash-mashalarga sabab bo'layotgan "Bunyodkor" mazkur masalani hal qilgan ko'rinadi.

Xabaringiz bor, yaqinda klub strukturasida o'zgarish bo'lib o'tdi. Jamoa bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan Murod Aliev o'rniga, futbol strukturasida 20 yilga yaqin vaqt davomida faoliyat olib borib kelayotgan Ulug'bek Mirzaev vaqtinchalik rahbar etib tayinlandi.

FIFA va klub o'rtasida bo'lib o'tayotgan muzokaralarda ishtirok etgan mutaxassis, 2014 yildan "osilib" turgan ishni klub homiylari bilan hamkorlikda qarzlarni yopishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Simonenko "Bunyodkor" sharafini 2014 yilda himoya qilgan. O'shanda klub rahbari sifatida Baxtiyor Boboev faoliyat olib borgan. Agar qaldirg'ochlar 10 ish kunida muammoni bartaraf etmasalar, FIFA tomonidan quyi ligaga tushirib yuborilishi mumkinligi haqida xat PFLga kelib tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia