“Bunyodkor” – “Sho'rtan” uchrashuvi hakamlari

6 iyul kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi oliy liga 3-turi doirasidagi “Sho'rtan”ga qarshi qoldirilgan uchrashuvini o'tkazadi.
Ushbu bahsga tayinlangan hakamlar nomi e'lon qilindi.

“Bunyodkor” – “Sho'rtan” uchrashuvini navoiylik Rustam Bobomurodov boshqarib boradi. Qayd etish kerakki, ushbu referi faoliyati mobaynida bungacha “qaldirg'ochlar” ishtirokidagi 10ta uchrashuvda bosh hakamlik qilgan.

Oliy liga, 3-tur
6 iyul, dushanba
“Bunyodkor” stadioni. Soat 20:00
“BUNYODKOR” – “SHO'RTAN”
Bosh hakam
: Rustam Bobomurodov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Rishat Nugmonov (Toshkent), Doniyor Saylavov (Toshkent)
Zahira hakami: Jasur Muhtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan)

Manba: fcbunyodkor.com