"Bunyodkor": Sato Minoriga Doxada medal topshirdik

Narzulla Saydullayev
6 fev 2017
Xabaringiz bor, 2016 yilgi mavsumda "Bunyodkor" klubi O'zbekiston oliy ligasida 2-o'rinni band etdi.

Bir necha kun oldin PFL bosh direktori "Bunyodkor" klubi futbolchilariga o'tgan mavsum uchun kumush medallarini topshirgan edi. Bu yildan Qatar chempionatiga ko'chib o'tgan Sato Minori o'tgan mavsum "qaldirg'ochlar"ning kumush medal olishlarida katta xissa qo'shandi. Ayni paytda Doxada bo'lib turgan "Bunyodkor" klubi yaponiyalik futbolchiga o'zining medalini taqdim etdi.

Klub bosh direktori Baxtiyor Boboev Satoga kumush medalni topshirdi.

"Bunyodkor" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia