"Bunyodkor" safarda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
9 may 2016, 18:50
Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinning dastlabki bo'limida ikkala jamoa ham gol ura olmadi. 59-daqiqada Shahzodbek Nurmatovning o'tkir burchak ostida uzatgan to'pini Eldor Shomurodov darvozaga aniq to'g'rilab, hisobni ochdi - 0:1.

Oradan ko'p o'tmay Shorahmedovning o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, uzatgan to'pini Nurmatov golga aylantirdi - 0:2. O'yin mana shu hisobda yakunlandi.


Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Bunyodkor (Toshkent) 0:2
MATNLI TRANSLYATSIYA
9 may 2016 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Shukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Gollar: Eldor Shomurodov 59, - 0:1 (Shahzodbek Nurmatov). Shahzodbek Nurmatov 73, - 0:2 (Akmal Shorahmedov)

"Qo'qon-1912": 21.G'ayratjon Hasanov, 4.Mirjalol Qurbonov, 6.Bahodir Akramov (5.Jalil Kimsanov, 46), 7.Otabek Zokirov, 10.Otabek Haydarov (24.Ilya Ilin, 46), 11.Navro'zbek Alimov (9.Nosir Otaqo'ziev, 71), 19.Sardor Qahhorov, 20.Dostonbek Tursunov, 23.Furqatjon Hasanboev, 28.Abdulloh Olimov, 31.Aybek Nurboev.
Zaxira: 1.Ruslan Matniyozov, 17.Aziz To'xtaboev. 29.Iqbol Malikjonov, 33.Abdulaziz Yusupov.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Akrom Komilov, 7.Shaker Zuagi (16.Dilshodbek Ahmadaliev, 90+1), 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O'rinboev (11.Shahzodbek Nurmatov, 58), 22.Rustam Ashurmatov, 29.Otabek Shukurov, 30.Yurica Bulyat, 71.Aleksandr Alempievich (9.Sato Minori, 61).
Zaxira: 1.Pavel Bugalo, 6.Anvar G'ofurov. 

Ogohlantirishlar: Zabihillo O'rinboev 25


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia