"Bunyodkor" raqibi “Al-Jazira” ishtirokida navbatdagi gollar shousi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2014, 16:15
BAA pro-ligasining 13-tur uchrashuvlari boshlandi.
Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibimiz BAAning “Al-Jazira” klubi o'z maydonida “Al-Vasl”ni qabul qilib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi va musobaqa jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi.

19 dekabr
BAA chempionati, 13-tur
“AL-JAZIRA” – “AL-VASL” 4:2 (1:1)
Gollar
: Jusiley 6 (1:0), Ederson 45+3 penalti (1:1), Kaio 48 (1:2), Vuchinich 56 (2:2), Pitroipa 61 (3:2), Mabxout 73 (4:2)

Qayd etish kerakki, “Al-Jazira” ishtirokidagi uchrashuvlarda muxlislar o'rtacha hisobda 4,8ta gollarga guvoh bo'lishmoqda. Jamoa ortda qolgan 13ta tur mobaynida raqiblari darvozasini 37 bor ishg'ol qilib, o'z postidan 26ta to'p olib chiqdi.

Quyida "Al-Jazira" - "Al-Vasl" uchrashuvi videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.

(TAS-IX emas)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com