“Bunyodkor” “Paxtakor”dan ustun kelib, Respublikada birinchi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2017, 12:19
2001-2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Buxoro shahrida o'tkazilgan tayyorlov guruhlari o'rtasidagi musobaqa yakunlandi.

Unda oliy va birinchi liga klublarining eng kuchli tayyorlov guruhlari ishtirok etishdi.

Denis Korostichenko murabbiyligidagi “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari musobaqa davomida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratishib, bosh sovringa ega chiqishdi.
Guruh bosqichida “Mashal” (1:0), “Navbahor” (4:1) va “Buxoro” (3:1) klublari dog'da qoldirildi. Yarim finalda Andijonning “Uz-Dong Ju” jamoasi 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. 

Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi kechgan final uchrashuvining asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Shundan so'ng g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unga ko'ra, “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari omadliroq chiqishib, 2001-2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida oliy va birinchi liga klublari qoshidagi tayyorlov guruhlari turnirining Respublika bosqichida g'olib chiqishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com