"Sho'rtan" "Nasaf"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 18:10
O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga ishtirokchisi bo'lgan “Sho'rtan” PFK 7 yanvardan e'tiboran G'uzordagi o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda.

14 yanvar kuni “Sho'rtan” futbolchilari dastlabki sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. G'uzorliklar “Nasaf” futbol jamoasining Qarshidagi “Sputnik” qo'rg'onchasida joylashgan maydonida bilan bahs olib borishdi. Mazkur o'yin 4:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.

“Nasaf” - “Sho'rtan” - 4:1. Qarshi. “Sputnik” qo'rg'onchasi.
“Sho'rtan”: 
A.Rahimov (S.Mirzaev), O.Karimov (M.Sattorov),
N.Padarov (A.Sayfullaev), A.Bahromov, SH.Eshmurodov, F.Nomozov (D.Amirqulov), S.Raxmatullaev, I.Shodmonov, M.Murodov, S.Shodmonov (B.Suvonov, I.Zoirov), E.Tog'aev (A.Mirzayorov).

Ayni paytda davom etayotgan qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarida quyidagi futbolchilar qatnashmoqda:  

Darvozabonlar - Akmal Rahimov (1996 y.), Sarvar Mirzaev (2001 y.).
Himoyachilar - Olim Karimov (1993 y.), Nurali Padarov (1996 y.), Mirmuhsin Sattorov (1995 y.), Akrom Bahromov (1998 y.), Sherbek Eshmurodov (1998 y.), Abubakir Sayfullaev (2001 y.). Markaziy yarim himoyachilar - Farhod Nomozov (1996 y.), Sirojiddin  Raxmatullaev (1993 y.), Islom Shodmonov (1997 y.), Shahzod Xursanov (1992 y.).
Yarim himoyachilar - Marufxon  Murodov (1990 y.), Xolmurod Xolmurodov (1999 y.), Og'abek  Erkinov (1999 y.), Aslbek Mirzayorov (2001 y.), Elyor Tog'aev (1995 y.), Nodir Ramozonov (1999 y.), Davron Amirqulov (2001 y.), Samar Berkinov (2000 y.), Sunnat G'aybullaev (2000 y.).
Hujumchilar - Yusuf Bo'riev (1991 y.), Muhammadali Abdurahmonov (2000 y.), Islom Zoirov (2003 y.), Samandar Shodmonov (1986 y.), Kenja To'raev (1989 y.), Bekzod Suvonov (2001 y.).

Shuningdek, o'z o'rnida takidlash joizki, mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan E.Tog'aev, A.Bahromov, N.Ramozonov, A.Sayfullaev, I.Zoirov, S.Berkinov, S.G'aybullaevlar “Sho'rtan” PFK qoshida faoliyat ko'rsatayotgan futbol maktabining tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

Ro'yxatga e'tibor qaratilsa, A.Rahimov, O.Karimov,  N.Padarov, M.Sattorov, A.Bahromov, SH.Eshmurodov, F.Nomozov, S.Raxmatullaev, I.Shodmonov, SH.Xursanov, M.Murodov, X.Xolmurodov, O.Erkinov, YU.Bo'riev, M.Abdurahmonov, K.To'raev kabi o'tgan mavsumning asosiy tarkib futbolchilari qatorida tajribali futbolchi, o'z vaqtida “Oq bo'rilar” safida to'p surgan   Samandar Shodmonov ham borligini ko'rish mumkin bo'ladi.

Jamoa rahbariyatining ma'lum qilishicha, yig'inga yana bir qator tajribali futbolchilar taklif qilinishi ko'zda tutilmoqda ekan. Ammo bu hozircha sir tutilmoqda. Yaqin kunlar ichida yangi futbolchilarning nomlari ham e'lon qilinadi.

“Sho'rtan” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcshurtan.uz