"Bunyodkor" o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qildi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2020
Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yinda "Bunyodkor" 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi va o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qayd etdi. 2007 yildan buyon O'zbekiston chempionatida ishtirok etib kelayotgan "qaldirg'ochlar"ning eng yirik mag'lubiyati 0:4 edi. O'sha mag'lubiyat ham 2018 yilgi mavsum "Paxtakor"dan qabul qilib olingan edi. 

Umuman olganda "Bunyodkor" O'zbekiston chempionatida birinchi marta bir o'yinda 5ta gol o'tkazib yubordi. 


 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia