

Uchrashuv uchun qaydnomalar e'lon qilindi. E'tiborli jihati, "qaldirg'ochlar" ustozi Shuhrat Maqsudov asosiy tarkibga 2 nafar debyutant futbolchini kiritdi. Gap Jahongir O'rozov (markaziy himoyachi) va Mahmud Muhammadjonov (chap qanot himoyachisi) haqida ketmoqda.

Ma'lumot uchun, Mahmud Muhammadjonov 2003, Jahongir O'rozov 2004 yilda tavallud topgan.



