"Bunyodkor" matbuot xizmati: "Zoteev bugun maydonga tusha oladi"

Bugun O'zbekiston Kubogi yarim final o'yinlari doirasida bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" o'yinida "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Oleg Zoteev maydonga tushishga tayyor.

Avvalroq, ushbu futbolchi "Futbol-MED ko'rigidan o'ta olmagani sabab ikkinchi davra avvalidagi o'yinlarda maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Biroq bu xabar "Bunyodkor" matbuot xizmati vakili Bahodir Mirzaev tomonidan inkor etildi. U o'z tvitterida Oleg Zoteev bugun maydonga tushishga tayyor ekanini ma'lum qildi.


Manba: championat.asia