"Bunyodkor" kecha Toshkentga qaytib keldi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2014, 12:16
"Bunyodkor" klubi futbolchilari kecha BAA yig'inini tugatib Toshkentga qaytib keldi.
Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar berdi. Murabbiylar futbolchilarga ikki kunlik tatil berishdi. Jamoa 4 fevral kuni Turkiyaga jo'nab ketadi.

Antaliyadagi yig'in 4-17 fevral kunlari olib boriladi. Turkiyada 6ta nazorat uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, BAAdagi yig'in doirasida "qaldirg'ochlar" uchta o'yin o'tkazdi. "Rostov"ga qarshi o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Moskvaning "Dinamo" klubi bilan bo'lib o'tgan bahsda hisob ochilmagandi. So'nggi bahs Moskvaning "Spartak" klubiga qarshi o'tkazildi. Bu safar "Bunyodkor" 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia