“Bunyodkor” ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2015, 14:10
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi qisqa tatildan so'ng yana mashg'ulotlarga kirishdi.

Xabaringiz bor, “qaldirg'ochlar” 9 iyul kuni mamlakat kubogi doirasida Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi bahs olib borishib, tatilga hammadan kech chiqib ketishgandi.

14 iyul kuni “Bunyodkor” vakillari o'z qarorgohlarida to'planishdi va erta tongdan “Futbol-MED” shifokorlari nazoratidan o'tishdi.

Bugun, 15 iyuldan e'tiboran tayyorgarlik jarayoni Chimyon tog' yon bag'irlaridagi “Green Paradise” maskaniga ko'chdi. U yerda asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklash bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi.

Sergey Lushchan o'z shogirdlari bilan 21 iyulga qadar tog'da shug'ullanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com