"Bunyodkor" ikki o'yinchini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
12 yanv 2025, 15:22
Darvozabon Abdumavlon Abdujalilov va yarim himoyachi Sardor Abdunabiev 2025 yilgi mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazadi.

Abdumavlon Abdujalilov va Sardor Abdunabiev 2025 yilgi mavsumda "Bunyodkor" libosini kiyadi. Abdumavlon 2019-2020 yilgi mavsumlarda ham klub sharafini himoya qilgan, darvozabon to'rt yillik tanaffusdan keyin yana "qaldirg'ochlar" safiga qaytmoqda. 2024 yilda 5ta gol urishga erishgan vinger Sardor Abdunabiev ham "Bunyodkor" libosini kiyadi.


ABDUMAVLON ABDUJALILOV

Tug'ilgan sanasi: 22.12.1994

Ampluasi: darvozabon

Bo'yi: 184 sm

Oxirgi jamoasi: "Lokomotiv" (Toshkent)


SARDOR ABDUNABIEV

Tug'ilgan sanasi: 10.02.1999

Ampluasi: yarim himoyachi, vinger

Bo'yi: 181 sm

Oxirgi jamoasi: "Lokomotiv" (Toshkent)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати