"Bunyodkor" ertaga yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2019, 20:39
Mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazib, bronza medaliga ega chiqqan Bunyodkor yanvar oyida Osiyo Chempionlar Ligasi saralash o'yinida maydonga chiqadi.

Chempionlar ligasining saralash o'yinlaridan muvaffaqiyatli o'tib, guruh bosqichiga yo'l olishni ko'zlagan qaldirg'ochlar ertadan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Dekabr oyining so'nggi kunlariga qadar davom etadigan dastlabki yig'in poytaxtimizda o'tkaziladi.

Yig'in rejasidan yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tishi, nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi ham o'rin olgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com