"Bunyodkor" ertaga yangi futbolchilarni tanishiradi

Narzulla Saydullayev
8 mar 2021, 21:27
Ertaga mamlakatimizda yangi futbol mavsumi start oladi.

Xabaringiz bor, Bunyodkor mavsumning ilk uchrashuvini 10 mart kuni Mashalga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Mavsum startidan bir kun avval, yani ertaga, 9 mart seshanba kuni Bunyodkor taqdimot va tanishtiruv marosimini o'tkazadi. Klub rahbariyati, murabbiy va futbolchilar ishtirok etadigan marosimga jamoaga taklif etilgan yangi o'yinchilar tanishtiriladi, liboslar topshiriladi. Shuningdek, OAV xodimlari klub rahbariyati, murabbiy va futbolchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin. Tadbir Bunyodkor stadionining anjumanlar zalida soat 14:00da boshlanadi. 

Barcha OAV xodimlarini tadbirga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com