“Bunyodkor” Dohadagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
22 apr 2014, 07:36
Kecha kunning ikkinchi yarmida Qatarga yetib borgan O'zbekiston chempioni “Bunyodkor” mahalliy vaqt bilan soat 20:00da Dohadagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi.
“Qaldirg'ochlar”ning ushbu tayyorgarligi “Qatar” SKga tegishli bo'lgan mashg'ulot maydonida olib borildi. Aleksandr Volkov boshchiligida o'tgan mashq jarayoni bir soatdan oshiroq davom etdi. Unda jamoa bilan Dohaga kelgan barcha futbolchilar bor kuch mahoratlari bilan ishtirok etishdi.

Jamoa a'zolari mashg'ulot olib borayotgan paytda havo harorati tahminan 26-28 daraja issiqni tashkil etdi. Mashdon holati ham qoniqarli darajada edi.

“Bunyodkor”ning Dohadagi ilk mashg'ulotidan tayyorlangan fotojamlanma bilan ushbu HAVOLAga o'tgan holda tanishishingiz mumkin.

TAS-IX emas

 

Bahodir MIRZAEV
Doha, Qatar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com