"Bunyodkor" delegaciyasi “Jebel Ali” mehmonxonasiga joylashdi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2014, 08:57
Toshkent-Dubay yo'nalishi bo'yicha parvoz qilgan “Bunyodkor”FK a'zolari amirliklarga yetib kelishdi.
Bunyodkorchilar Dubaydagi “Jebel Ali” mehmonxonasiga joylashishdi. Qayd etish kerakki, ushbu otel mana besh yildirki “qaldirg'ochlar”ga amirliklardagi qarorgoh vazifasini o'tab kelmoqda.

Omanda o'tayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan jamoamiz a'zolari – Dilshod Jo'raev, Sardor Rashidov, Javlon Mirabdullaev Dubayga yetib borishdi va “Bunyodkor” safini to'ldirishdi. 22 yoshgacha bo'lgan Osiyo Chempionatining ilk turida jarohat olgan yarim himoyachimiz – Sardor Sobirxo'jaev davolanish uchun Toshkentga qaytib keldi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Mirjalol Qosimov o'z shogirdlari bilan Dubaydagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Ertadan boshlab tayyorgarliklar kuniga ikki mahaldan davom ettiriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com