

“Qaldirg'ochlar”ning sparring raqibi – Xitoy superligasi vakili “Chuncin Lifan” klubi bo'ladi. Ushbu klub 2017 yilgi mavsumda Xitoy superligasini 10-pog'onada yakunlagan. Jamoani portugaliyalik mashxur mutaxassis Paulu Bentu boshqarib boradi.
“Bunyodkor” – “Chuncin Lifan” uchrashuvi bugun Dubaydagi “Jebel Ali” majmuasi maydonida Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.




