

Klub rasmiy tvitteri bergan xabarga ko'ra, bugun "Qaldirg'ochlar" navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazishadi. Moskvaning "Dinamo" klubiga qarshi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Bahs Dubaydagi "Jebel Ali Shooting Club" maydonida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" 22 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov" klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazgandi. O'sha bahs 1:1 hisobida yakunlangandi.
Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" 22 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov" klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazgandi. O'sha bahs 1:1 hisobida yakunlangandi.



