"Bunyodkor": Bolalar futboli. 2-bosqich. 8-tur

Narzulla Saydullayev
5 okt 2015, 14:36
4 oktyabr kuni futbol klublari tarbiyalanuvchilari o'rtasida Toshkent shahar birinchiligining ikkinchi bosqich 8-tur bellashuvlari o'tkazildi.

Unda “Bunyodkor” futbol maktabining “A” va “B” jamoalari o'zaro ro'baro' kelishdi.

2002 yilda tavallud topganlar bahsi boshqa kunga qoldirildi.
“Bunyodkor-B” – “Bunyodkor-A”  1:5  (2005 y)
“Bunyodkor-B” – “Bunyodkor-A”  0:1  (2004 y)
“Bunyodkor-B” – “Bunyodkor-A”  0:1  (2003 y)
“Bunyodkor-B” – “Bunyodkor-A”  0:4  (2001 y)
“Bunyodkor-B” – “Bunyodkor-A”  3:4  (2000 y)
“Bunyodkor-B” – “Bunyodkor-A”  0:3  (1999-98 yy.)

Ushbu qarama-qarshiliklarda “Bunyodkor-A”ning turli yoshdagi jamoalari zafar quchib 18 ochko jamg'arishdi. To'plar farqi  - 4:18, mehmonlar foydasiga.

Eslatib o'tamiz, birinchi bosqich doirasidagi o'yinlarda ham “A” jamoalarimiz g'alaba nashidasini surishgan edi.

Birinchi davra yakunlari bo'yicha xulosa qiladigan bo'lsak, “Bunyodkor-A”, “Bunyodkor-B” va “Paxtakor” chempionlik uchun asosiy nomzodlar sanalishmoqdi.  Ularning natijalari boshqalarga nisbatan yaxshiroq.

Keyingi tur bellashuvlari 11 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Unda “Bunyodkor-A” o'z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilsa, “Bunyodkor-B” safarda ROZKga qarshi to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com