"Bunyodkor" bir yo'la uch nafar legioner bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Khoja
12 yanv 2024, 09:00
"Qaldirg'och"lar yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik oli borishmoqda.

Toshkent jamoasi bir yo'la uch  nafar yevropalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi va ular 2024 yilgi mavsumni “Bunyodkor” libosida o'tkazadi. Chernogoriyalik Momchilo Raso va bosniyalik Samir Jelkovich himoyada to'p sursa, xorvatiyalik Marin Lyubich darvozamizni qo'riqlaydi. Har uchala legioner bilan ham bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.


Ma'lumot uchun

MOMCHILO RASO

Tug'ilgan sanasi: 06.02.1997

Fuqaroligi: Chernogoriya

Bo'yi: 186 sm. Vazni: 73 kg

Ampluasi: himoyachi 

So'nggi jamoasi: “Balzan” (Malta)

Chernogoriya o'smirlar va yoshlar terma jamoasida to'p surgan


SAMIR JELKOVICH

Tug'ilgan sanasi: 04.09.1997

Fuqaroligi: Bosniya va Gertsegovina

Bo'yi: 184 sm

Ampulasi: himoyachi

So'nggi jamoasi: “Saraevo” (Bosniya va Gertsegovina)


MARIN LYUBICH

Tug'ilgan sanasi: 18.10.1997

Fuqaroligi: Xorvatiya

Bo'yi: 188 sm. Vazni: 79 kg

Ampluasi: darvozabon

So'nggi jamoasi: “Lahti” (Finlandiya)

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/bunyodkor_club