"Bunyodkor" beshta o'yindan buyon "Lokomotiv"ga gol ura olmayapti

Narzulla Saydullayev
27 okt 2016, 15:49
"Lokomotiv" 25 oktyabr kuni o'z maydonida O'zbekiston Kubogi bahslari doirasida "Bunyodkor"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Shu tariqa "temiryo'lchilar"ning "Bunyodkor" bilan uchrashuvlarda gol o'tkazmaslik seriyasi beshtaga etdi.

"Lokomotiv" o'tgan yil oliy ligada bu raqibini ikkala o'yinda ham mag'lub etgandi: uyda 3:0 va safarda 1:0. Shuningdek, bu mavsum birinchi davrada 0:0 hisobi qayd etildi.

2014 yil o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi finalida esa "Lokomotiv" 1:0 hisobida zafar quchgan. Shundan beri "temiryo'lchilar" xoh oliy liga, xoh Kubok bahslari bo'lsin "Bunyodkor"dan gol o'tkazishmayapti.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz