“Bunyodkor” BAAga yo'l oldi, tarkibda Norxonov yo'q

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018, 08:45
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasining mavsumoldi o'quv-mashg'ulot yig'ini BAAning Dubay shahriga ko'chdi.

“Qaldirg'ochlar” 8-20 fevral kunlari Dubay shahridagi “Jebel Ali” majmuasida mavsumoldi tayyorgarliklarini olib boradilar. Ushbu yig'in mobaynida Mirjalol Qosimov shogirdlari to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirishgan.

“Bunyodkor”ning BAAdagi yig'ini doirasida quyidagi futbolchilar ishtirok etishadi:

Darvozabonlar – Murodjon Zuhurov, Suhrobjon Sultonov
Himoyachilar – Akramjon Komilov, Anvar G'ofurov, Rustamjon Ashurmatov, Islomjon Qobilov, Mirg'iyos Sulaymonov, Dilshod Ahmadaliev, Abdulla Abdullaev
Yarim himoyachilar – Jovlon Ibrohimov, Davronbek Umirov, Mirjamol Qosimov, Xurshid G'iyosov, Sardor Sobirxo'jaev, Artyom Gobelok, Rasul Yuldashev, Sanjar Qodirqulov, Dostonbek Hamdamov, Shoxruh Gadoev, Farruh Ikromov, Murodjon Toshmatov
Hujumchilar – Shahzodbek Nurmatov, Filip Raevac, Mirjahon Mirahmadov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com