

Endi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari bazaga tashrif buyurdi va "Bunyodkor"ning jami 37 nafar a'zosi – futbolchilar, murabbiylar, personal xodimlardan koronavirusga namuna oldi. Aytish kerak, o'z ishining mutaxassisi bo'lgan agentlik xodimlari tezkorlik bilan namuna natijalarini ham ma'lum qilishdi. Unga ko'ra, test topshirgan barcha 37 nafar a'zosi sog'lom ekanligi aniqlandi va ularga maxsus hujjat taqdim etildi.



