"Bunyodkor" Aziz Haydarov jamoasiga qarshi o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 16:39
Dubayda yig'in o'tkazayotgan Toshkentning "Bunyodkor" klubi ertaga Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al-Shabab" bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Bu haqda klub rasmiy "tvitteri"da xabar berildi.

"Sparring raqib sifatida hamyurtimiz Azizbek Haydarov to'p tepayotgan "Al-Shabab" klubi tanlangan.

Bunyodkor" ertaga Dubayda BAA yig'ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi" - deb yoziladi klub "tvitteri"da.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia