

Tanishuvdan asosiy maqsad akademiya ikki yulduzli maqomga loyiq ekanligini ko'zdan kechirish edi. Kuni kecha ishchi guruhga rahbarlik qilgan Laslo Salai OFK Bunyodkor futbol akademiyasidagi yaratilgan sharoitlar akademiyaga ikki yulduzli maqomni berishga loyiq ekanligini tasdiqlanganini ma'lum qildi. Ma'lum bo'lishicha, OFK Bunyodkor akademiyasiga ikki yulduzli maqom berish bo'yicha rasmiy hujjatni shu yilning fevral oyida topshirishni mo'ljallamoqda
Ma'lumot o'rnida aytish kerak, akademiyalar bo'yicha eng yuqori maqom uch yulduzli hisoblanadi. Qatardagi Espayr futbol akademiyasi Osiyoda uch yulduz olgan akademiyalar qatoriga kiradi. Yevropada Portu, Ayaks, Barselona futbol akademiyalari uch yulduz maqomini olgan.
Yaponiyaning Fukishima, Janubiy Koreyaning Seul jamoalarining akademiyalari Osiyodagi ikki yulduzli akademiyalardir. Shuni alohida takidlash lozimki, Bunyodkor akademiyasi nafaqat O'zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ikki yulduzli maqomini olgan ilk akademiyadir.
Aytish kerakki, bu maqom klub va akademiyada faoliyat yuritayotgan insonlarning mehnatiga berilgan asl bahodir. Ikki yulduzli akademiya maqomini olgan Bunyodkor futbol akademiyasi bundan keyin ham o'zbek futboliga yulduzlarni yetishtirib berishda davom etadi.



