

Kuni kecha Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligidagi Bunyodkor-2008 Turkiyaning Istanbul shahriga uchib ketdi. Qaldirg'ochlar bu shaharda ertadan start oladigan Istanbul cup turnirida ishtirok etadi. Tarbiyalanuvchilarimiz B guruhidan joy olgan. Mazkur guruhdan Bunyodkor-2008dan tashqari Turkiyaning Beshiktosh, Altay hamda TSV Rosenheim (Germaniya), Ares (Bolgariya) jamoalari joy olgan.
Aytish kerak, taqvimga ko'ra, jamoalar ertaning o'zida bir yo'la uchtadan o'yin o'tkazadi. Bunyodkor-2008 avvaliga TSV Rosenheimga qarshi o'ynasa, keyin Ares hamda Beshiktosh bilan hisob-kitob qiladi.
Jamoamiz Turkiyaga quyidagi tarkibda yo'l olgan:
Futbolchilar
1. Jahongir Xusanov
2. Fazliddin Sharofiddinov
3. Sarvar Mahmudjonov
4. Firdavs Mahmudjonov
5. Eldor Umarov
6. Javohir Orziqulov
7. Shohjahon Xudoyberdiev
8. Habibullo Abduvosilov
9. Muhammadrizo Sharifjonov
10. Otabek Jabborov
11. Muslim Abduqahhorov
12. Ibrohim Akbarov
13. Ulug'bekxo'ja Nosirov
Murabbiylar shtabi
Miraziz Mirzaahmedov
Maruf Mahkamov
Dilshod Hasanov



