Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi va mavsum kashfiyoti bo'lgan futbolchilar nomi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2019, 23:35
Germaniya chempionatida harakat qiluvchi futbolchilar o'rtasida mavsumning eng yaxshilari uchun ovoz berish jarayoni o'tkazildi.

Unga ko'ra, Borussiya D forvardi Marko Roys mavsumning eng yaxshi futbolchisi (31,4 foiz ovoz bilan) sifatida etirof etildi. U arilar safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urgandi. 

Mavsum kashfiyoti esa 19 yoshli Jeydon Sancho (51 %) bo'ldi. Sancho borussiyaliklar tarkibida 34 bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini 12 bora ishg'ol etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/BVB