Bundesliganing dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020, 21:14
"RB Leyptsig" hujumchisi Timo Verner Bundesliganing dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

23 yoshli germaniyalik futbolchi ketma-ket ikkinchi oyda ham ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

Verner o'tgan dekabr oyida Bundesliganing 4 o'yinida 6 (5+1) ochko yig'di. 

Umumiy hisoblaganda, u Bundesliganing joriy mavsumi davomida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol va 6ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Bundesliga_EN